Muloqot.Uz 2.0

O‘tgan yili Sentyabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i dizaynini yangiladi va yangi funksiyalar tatbiq etdi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri — mutlaqo yangi dizayn.

Biz a’zolarimizni taklif va tanqidlarini hisobga olgan holda yangi dizaynni ishlab chiqdik. Bundan asosiy maqsad: saytimizni sodda va foydalanish uchun qulay qilish. Shundan kelib chiqqan holda biz eng ko‘p foydalaniladigan hizmatlarni saytning yuqori qismida joyladik.

Continue reading

“Best Soft Uzbekistan 2012”

2012-yil 15—17-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston IT-industriyasining birdaniga ikkita yirik voqeasi bo‘lib o‘tdi.

15-may kuni Toshkent shahridagi Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston dasturchilarining yillik Milliy forumi bo‘lib o‘tdi. 16—17-may kunlari esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Best Soft Uzbekistan 2012” dasturiy mahsulotlar yillik milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

 

Continue reading

Samarqand taassurotlari

Muloqot.Uz jamoasi va a’zolari 2012 yil 12, 13, 14-aprel kunlari Samarqand  shahrida sayohat qildilar. Sayohat Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida Muloqot.Uz haqidagi taqdimot, Samarqandlik faol Muloqotchilar bilan uchrashuv, Toshkentdan Muloqot guruhi bilan birgalikda ketgan faol ishtirokchilarni yangi a‘zolar bilan tanishuvini va tarixiy obidalar ziyoratini o‘z ichiga oldi.

Continue reading

Samarqandga sayohat!

12, 13 va 14-aprelda Muloqot.Uz ma’muriyati eng faol a’zolar bilan Samarqandga yo‘l olyapti. Muloqot.Uz O‘zbekistonning barcha viloyatlarini, hozirda Samarqandni, jalb etish maqsadida shu kabi yig‘ilishlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Nega aynan Samarqand deysizmi? Barchamizga ma’lumki, Samarqand shahri O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan bo‘lib, u bizning ijodiy rivojlanishimizga ilhom baxsh etadi. Kelgusida bu kabi yig‘ilishlar va taqdimotlar barcha viloyatlarimizda bo‘lib o‘tadi, degan umiddamiz :-)Sayohatimiz jarayonida Samarqandning 6 o‘quv muassasasida Muloqot.uz’ning taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Biz Samarqanddagi yoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lamiz, ularni qiziqtirgan savollarga javob beramiz va esdalik uchun ajoyib sovg‘alar taqdim etamiz.

Sovg‘alarni ko‘rmaysizmi — Apple kompaniyasining eng yangi planshetli kompyuteri — iPad 3. Ushbu model 16-martda savdoga chiqarildi va uni Muloqot.Uz’ning a’zolaridan biri yutib olishi mumkin! Planshet sensorli Retina displey, 5 megapikselli kamera, 4G (3Gdan ham tezroq!), Wi-Fi va 16 GB xotiraga ega. Ha aytganday, Samarqandga Muloqot.Uz ma’muriyati bilan birga 4 faol a’zolarimiz ham ketishadi. Bu baxtli a’zolarimiz: Xusanbek HamidovFarrux NarimonovVironika Gavrilova va Nozimaxon Aliyeva.

Ularga “Afrosiyob” tezyurar poyezdida biz bilan birga ketish nasib etdi ;-) Barchangizni 13-aprel soat 18:00 da Samarqandning “Mehr Nur” kafesida kutib qolamiz.Yig‘ilish jarayonida Samarqanddagi faol foydalanuvchilar va barcha a’zolar bilan bevosita muloqotda bo‘lamiz, mazali taomlarni paqqos tushiramiz :-) va qiziqarli suhbat quramiz. Xullas, vaqtimizni aqlga sig‘maydigan darajada qiziqarli o‘tkazamiz. Eng asosiysi iPad 3ni eng faol a’zomizga sovg‘a qilamiz. 

“Muloqot.Uz’ning go‘zal juftligi” tanlovi

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z a’zolarini hayratga solishdan charchamaydi. Barcha ijtimoiy tarmoqlar orasidan ajralib turishining yana bir sababi ham Muloqot.Uz’da bir-biridan qiziqarli bo‘lgan tanlovlar bo‘lib o‘tishidir. Navbatdagi “Muloqot.Uz’ning go‘zal juftligi” tanlovi o‘zining originalligi bilan ajralib turadi. Ushbu tanlov barcha go‘zal juftliklar uchun ajoyib imkoniyatdir. Tanlovning shartlari juda oson bo‘lib, ishtirokchilardan faqatgina samimiy muhabbatlarini aks ettirgan fotografiyalarini Muloqot.Uz’ga yuklashlarini talab qilinadi.

 Tanlovning ilk ishtirokchilari

Continue reading

Yulduzlar sharq go‘zallari orasida

2011-yilning 21-dekabrida “Sharq go‘zali” tanlovining taqdirlash marosimi Toshkentdagi “X-club”da bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim Muloqot.Uz ma’muriyati tomonidan, Ucell kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi. “Sharq go‘zali” tanlovining barcha ishtirokchilari va barcha faol ovoz berganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Marosimda o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan barcha muxlislarni lol qoldirdilar. Mustafo, “Ummon”, “Shod”, “Shams”, “The Best” guruhi Muloqot.Uz’ning barcha a’zolarini o‘zlarining ajoyib kuylari va raqslari bilan hushnud etdilar. Marosim ko‘tarinki kayfiyat va iliq muhit ila o‘tdi.

Continue reading

“Muloqot.Uz” va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

Joriy yilning 14-dekabr kuni Turkiston saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i hamkorligida “Kamolot yulduzlari – 2011” tanlovi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Konsertda Toshkentning  ko`pgina universitet va institut talabalari qatnashdilar. Ayniqsa, Toshkent davlat jahon tillari universitetining o‘qituvchi va talabalari juda faol qatnashdilar. Marosimda “Kamolot “ Yoshlar ijtimoiy harakatining eng faol ishtirokchilari aniqlandi va ularga  Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i ma`muriyati tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi.

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining xodimasi Zuhra Yunusova ham “Yil jurnalisti” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sovg‘alarni O‘zbekistonda taniqli shoir, yozuvchi va boshqalar topshirdilar. Ayniqsa, “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘ining direktori Farhod Fayzullayevning nomzodni e’lon qilishi barchani kayfiyatini ko‘tardi va “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tayotgan tanlovlarda faol qatnashishga chaqirdi. Marosimda  Mustafo, “Marka” guruhi, Ruxshona va ko‘plab xonandalar ijro etishdi.  O‘zbek estradasining yosh va iqtidorli yulduzlari ajoyib chiqishlari bilan barcha muxlislarini lol qoldirishdi. Taqdirlash marosimi juda qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Hattoki, zaldagi muxlislar raqsga tushib, quvnoq kayfiyat ulashishdi.

“Muloqot.Uz” ma‘muriyati “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlik qilganidan bag‘oyat mamnun bo‘ldi.

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i – muloqotga kirishing!

 

Diplomatlar ham “Muloqot.Uz”da

9-noyabr kuni Muloqot.Uz jamoasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o‘z taqdimoti bilan tashrif buyurdi. Taqdimot yakuniga yetganidan so‘ng bo‘lgusi iqtisodchi va diplomatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bera boshladilar; auditoriyaning o‘zida kompyuterlari va mobil telefonlari orqali Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘iga kirib, ushbu tarmoq bilan yaqindan tanishib chiqdilar; Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i haqidagi fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari ham sovg‘asiz qolmadilar. Muloqot.Uz jamoasi tomonidan berilgan savollarga javob berib, sovg‘alarni yutib oldilar. Sovg‘alardan ta’sirlangan talabalar Muloqot.Uz jamoasiga o‘z takliflarini bildirdilar. Bo‘lajak iqtisodchi va diplomatlar uchun barcha sohadagi insonlar bilan muloqotda bo‘lish naqadar muhim ekanligini aytib o‘tishdi. Shu sababdan, ushbu tarmoq ular uchun foydali bo‘ladi, degan fikrdamiz.

Diplomat bo‘lish uchun,
Muloqot.Uz’da bo‘l doim.
Seni doim qo‘llaydi,
Muloqot.Uz — o‘zbegim sayti.

Birinchi qor, to‘qqizinchi taqdimot

tsssssss Muloqot.Uz'ning taqdimoti bo‘lyapti

8-noyabr seshanba kuni Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida taqdimot marosimini o‘tkazdi. Universitet hodimlari va talabalari Muloqot.Uz jamoasini ochiq chehra va muloyimlik ila kutib oldilar. Bugungi uchrashuvda talabalar Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i bilan tanishdilar. Universitet talabalari taqdimotga o‘zgacha yondashdilar. O‘zlarini ijtimoiy tarmoqlar haqidagi bilimlari bilan fikr almashdilar va, doimgidek, Muloqot.Uz ma‘muriyati tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ularni yanada qiziqtirgan narsa bu – Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tadigan yangi tanlov bo‘ldi. Aniqrog‘i, tanlovda g‘oliblarga taqdim etiladigan sovg‘alar ularni jalb qildi.

Continue reading