Diplomatlar ham “Muloqot.Uz”da

9-noyabr kuni Muloqot.Uz jamoasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o‘z taqdimoti bilan tashrif buyurdi. Taqdimot yakuniga yetganidan so‘ng bo‘lgusi iqtisodchi va diplomatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bera boshladilar; auditoriyaning o‘zida kompyuterlari va mobil telefonlari orqali Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘iga kirib, ushbu tarmoq bilan yaqindan tanishib chiqdilar; Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i haqidagi fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari ham sovg‘asiz qolmadilar. Muloqot.Uz jamoasi tomonidan berilgan savollarga javob berib, sovg‘alarni yutib oldilar. Sovg‘alardan ta’sirlangan talabalar Muloqot.Uz jamoasiga o‘z takliflarini bildirdilar. Bo‘lajak iqtisodchi va diplomatlar uchun barcha sohadagi insonlar bilan muloqotda bo‘lish naqadar muhim ekanligini aytib o‘tishdi. Shu sababdan, ushbu tarmoq ular uchun foydali bo‘ladi, degan fikrdamiz.

Diplomat bo‘lish uchun,
Muloqot.Uz’da bo‘l doim.
Seni doim qo‘llaydi,
Muloqot.Uz — o‘zbegim sayti.

Birinchi qor, to‘qqizinchi taqdimot

tsssssss Muloqot.Uz'ning taqdimoti bo‘lyapti

8-noyabr seshanba kuni Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida taqdimot marosimini o‘tkazdi. Universitet hodimlari va talabalari Muloqot.Uz jamoasini ochiq chehra va muloyimlik ila kutib oldilar. Bugungi uchrashuvda talabalar Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i bilan tanishdilar. Universitet talabalari taqdimotga o‘zgacha yondashdilar. O‘zlarini ijtimoiy tarmoqlar haqidagi bilimlari bilan fikr almashdilar va, doimgidek, Muloqot.Uz ma‘muriyati tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ularni yanada qiziqtirgan narsa bu – Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tadigan yangi tanlov bo‘ldi. Aniqrog‘i, tanlovda g‘oliblarga taqdim etiladigan sovg‘alar ularni jalb qildi.

Continue reading

Muloqot.Uz’ning navbatdagi qadami

4-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy Universitetida Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning faol talabalari Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ular ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zlarining faol  ishtiroklari bilan ko‘rsatdilar. Ayniqsa, ular Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek tilida yaratilganligidan mamnun bo‘ldilar. Talabalarni Muloqot.Uz tarmog‘iga yanada qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘lgan narsa,  bu- bepul online musiqa tinglash huquqiga ega bo‘lishliklaridir.

Muloqot.Uz jamoasi talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlar haqida fikr almashdilar, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar va har doimgidek, sovg‘alar bilan taqdirladilar. Faol talabalar Muloqot.Uz jamoasi bilan o‘z g‘oyalarini baham ko‘rishdi. Kelgusida ular Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i bilan yaqindan tanishib chiqib, o‘z taklif va mulohazalari haqida ma‘muriyatni xabardor qilishlarini aytib o‘tishdi. Shuni inobatga olgan holda, Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i yanada rivojlanishga, barchaga qiziqarli bo‘ladigan sahifalar, yangiliklar kiritishga va o‘z muxlislarini ko‘paytirishga harakat qiladi.

Muloqot.Uz’ning rivojlanishi – sizning faolligingizda!