“Sharq go‘zali”

Nihoyat, Muloqot.Uz muxlislari kutgan kun keldi. 11.11.11da Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida yangi, “Sharq go‘zali” nomli tanlov boshlandi. Tanlovning asosiy maqsadi – sharqning go‘zal qizlari haqida barchaga e’lon qilish; ularning jozibadorligi, iffati va sharqona go‘zalligini o‘ziga xos jihatlarini taqdim etish.

Bu Muloqot.Uz’ning 2-tanlovidir. Barcha Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining muxlislari birinchi tanlovda faol qatnashganlar. Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida yanada ko‘proq tanlovlar o‘tkazilishi haqida taklif va istaklarini bildirganlar. Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z muxlislarini hohishini inobatga olgan holda, yangi «Sharq go‘zali» nomli tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlovda O‘zbekiston ahlining barcha lobar qizlari va munis ayollari ishtirok etishlari mumkin. Lobar qizlarimiz va munis ayollarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari uchun esa mard yigitlarimizning ovozlari kerak bo‘ladi.

Tanlov 2 bosqichda olib boriladi:

  • Birinchi bosqich — dastlabki tanlangan ishtirokchilar tarmoq a’zolarining bergan ovozlari orqali aniqlanadi. Bu bosqich natijalari asosida 10ta eng ko‘p ovoz yiqqan qiz tanlanadi.
  • Ikkinchi bosqich — tanlov g‘olibasini O‘zbekistonning mashhur  xonandalari aniqlaydi.

Ha, ha, O‘zbekistonning mashhr xonandalari, aniqrog‘i, «Ummon» guruhi va Mustafo. Ular taqdirlash marosimida ishtirok etadilar va g‘oliblarga ajoyib sovg‘alarni taqdim etadilar. Bu hali hammasi emas, g‘oliblarga atab qo‘shiq ham kuylaydilar.

Sovg‘alarga kelsak, ularni sanab o‘tishga til ojiz. Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi!

Planshet Huawei S7 (1-o‘ringa)

Huawei U8800 (Ideos X5) (2-o‘ringa)

Huawei U8150 (Ideos) (3-o‘ringa)

3G-modem (4- va 5-o‘rinlarga)

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>