Yulduzlar sharq go‘zallari orasida

2011-yilning 21-dekabrida “Sharq go‘zali” tanlovining taqdirlash marosimi Toshkentdagi “X-club”da bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim Muloqot.Uz ma’muriyati tomonidan, Ucell kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi. “Sharq go‘zali” tanlovining barcha ishtirokchilari va barcha faol ovoz berganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Marosimda o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan barcha muxlislarni lol qoldirdilar. Mustafo, “Ummon”, “Shod”, “Shams”, “The Best” guruhi Muloqot.Uz’ning barcha a’zolarini o‘zlarining ajoyib kuylari va raqslari bilan hushnud etdilar. Marosim ko‘tarinki kayfiyat va iliq muhit ila o‘tdi.

 ”Ummon” guruhi barchani kayfiyatiga quvnoq kayfiyat ulashdi. Hamma zaldagilar raqsga tushdilar. Muloqot.Uz a’zolarining ko‘pgina qismi “Ummon” guruhini muxlisi ekanligini guvohi bo‘ldik.

Mustafo “Sharq go‘zali” tanlovining barcha ishtirokchilari g‘olib bo‘lishlariga tilakdoshligini aytdi.

Marosimning qiziqarli onlariga keldik – bu Sovg‘alar ta’rifi:

1-o‘rin: Huawei S7 plansheti
2-o‘rin: Huawei Ideos x5
3-o‘rin: Huawei Ideos U8150
4- va 5-o‘rinlar: super 3G Modemlar

Sovg‘alarni ta’riflash jarayonida, ta’rifga til ojizlik qilib qoldi. Axir, sovg‘alar judaham ajoyib, qimmatbaho va eng asosiysi Ucell kompaniyasidan edi. Lekin, uddaladik degan umiddamiz ;-)

Barcha taqdim etilgan sovg‘alar bir-biridan zo‘r, kerakli va foydali jihozlar edi. Faol va go‘zallarimizga g‘oliblikni qo‘lga kiritishlarida o‘z hissalarini qo‘shgan a’zolarimizga Muloqot.Uz ma’muriyati tomonidan esdalik ajoyib sovg‘alar taqdim etildi. Mard o‘g‘lonlarimizning yordamlarisiz go‘zallarni aniqlash qiyin bo‘lardi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, tanlovning 2-bosqichi 20-dekabrda Muloqot.Uz ma’muriyatining ofisida bo‘lib o‘tdi. 10 ta eng ko‘p ball to‘plagan qizlardan 5 tasini estradamizning yorqin yulduzlari aniqladilar.

10-chi o‘rindan 6-o‘ringa qadar bo‘lgan ishtirokchilarga Muloqot.Uz ma’muriyati tomonidan ajoyib esdalik sovg‘alar taqdim etildi. 5-o‘rindan 1-o‘ringa qadar esa, g‘oliblar Ucell kompaniyasi tomonidan va’da qilingan qimmatbaxo sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar. “Sharq go‘zali” tanlovining barcha ishtirokchilari g‘oliblar e’lon qilinayotgan payt, hayajonda va o‘zlarining ismilarini eshitish orzusida diqqat bilan o‘tirishdi.

 Zarina Raxmatova nafaqat 5-o‘rinni egalladi, balki hafta go‘zali ham bo‘lishga ulgurgan edi.

 Ucelldan super tezlikka ega bo‘lgan 3G modemni Regina Charuh qo‘lga kiritdi.

Nihoyat, go‘zallarimiz intizorlik bilan kutgan vaqt, uchlikni e’lon qilish vaqti keldi. G‘oliblarning ismini Ucell kompaniyasining PR-direktori Davron Azizov va Muloqot.Uz ma’muriyatining direktori Farhod Fayzullayevlar e’lon qildilar. 

Marosim zalini sukunat egalladi. “Sharq go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lish qaysi qizga nasib etgan ekin…. ”Sharq go‘zali” so‘zini hamma har xil tushunadi. Lekin millati, dini, urf-odatidan qat’iy nazar dunyoning barcha go‘zal qizlari va munis ayollari “Sharq go‘zali” nomiga sazovor bo‘lish huquqiga egadirlar.

Go‘zallarimiz ismlarini eshitib quloqlariga ishonmadilar chamasi va ularni o‘zbek estradasining yulduzlari aniqlaganliklari hursand qildi.

Hammadan ham 1-o‘rin sohibasi o‘z quloqlariga ishonmadi. Feruza Alikulova hayratdan yig‘lab yuborishga ham tayyor edi. 1-o‘rin sohibasi sovg‘asini qabul qilib oldi. Hissiyotlarini zaldagilar bilan baham ko‘rdi. Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘iga o‘z tilaklarini bildirdi. Barcha zaldagi qizlar Feruza Alikulovaning o‘rnida bo‘lib qolishni orzu qilgan bo‘lar edilar. Barcha Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining qizlari bir-birlaridan go‘zal, nafosatli va nazokatlidirlar.

Go‘zallarni taqdirlash marosimi tugaganidan so‘ng, hamma a’zolar davraga taklif qilindilar.

Marosim haqiqatda ajoyib bo‘lib o‘tdi. Kayfiyatlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi. Barcha Muloqot.Uz’ning a’zolari mamnun boldilar, degan umiddamiz.

2 thoughts on “Yulduzlar sharq go‘zallari orasida

  1. Ularga “Afrosiyob” tezyurar poyezdida biz bilan birga ketish nasib etdi ;-) Barchangizni 13-aprel soat 18:00 da Samarqandning “Mehr Nur” kafesida kutib qolamiz.Yig‘ilish jarayonida Samarqanddagi faol foydalanuvchilar va barcha a’zolar bilan bevosita muloqotda bo‘lamiz, mazali taomlarni paqqos tushiramiz :-) va qiziqarli suhbat quramiz. Xullas, vaqtimizni aqlga sig‘maydigan darajada qiziqarli o‘tkazamiz. Eng asosiysi iPad 3ni eng faol a’zomizga sovg‘a qilamiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>