Samarqand taassurotlari

Muloqot.Uz jamoasi va a’zolari 2012 yil 12, 13, 14-aprel kunlari Samarqand  shahrida sayohat qildilar. Sayohat Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida Muloqot.Uz haqidagi taqdimot, Samarqandlik faol Muloqotchilar bilan uchrashuv, Toshkentdan Muloqot guruhi bilan birgalikda ketgan faol ishtirokchilarni yangi a‘zolar bilan tanishuvini va tarixiy obidalar ziyoratini o‘z ichiga oldi.

Muloqotchilar 3 guruhga bo‘lindilar. Birinchi guruhni Farhod Fayzullayev, Zuhra Yunusova, Lidiya Zaslavskaya, Fazilatkhon Akhmadovalar tashkil etdilar.

Ikkinchi guruhni Fazilat Sidikova, Farrux Narimonov, Xusanbek Hamidov, Nozimaxon Aliyeva va Vironika Gavrilovalar tashkil etdilar.

Uchinchi guruhni esa Bahodir Rahimbayev, Nuriddin Vaxabov, Marina Ten va Shuhrat Ermatovlar tashkil etdilar.

Safarga Muloqotchilar Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnaydigan “Afrosiyob” yangi tezyurar poyezdida yo‘l oldilar.

12-aprel kuni Muloqotchilarning birinchi guruhi Toshkentdan ertalab soat 8 da jo‘nab ketdilar. Samarqandga soat 10:30 yetib kelgan guruh “Sherdor” mehmonxonasiga joylashishi bilanoq, TATU Samarqand filialida o‘z taqdimotini o‘tkazdi. Ikkinchi taqdimot Samarqand Davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlar muvaffaqiyatli o‘tdi — har ikkala o‘quv muassasalarning katta zallari qiziquvchan talabalar va ularning o‘qituvchilari bilan to‘ldi.

Birinchi kunga mo‘ljallangan taqdimotlar yakuniga yetgach, Muloqotchilar Samarqandning Registon maydoniga tashrif buyurdilar. Registon maydonidagi qadimiy obidalarni tomosha qilib, so‘ng Go‘ri Amir maqbarasini ziyorat qildilar.

13-aprel kuni soat 10:00 da SamDu qoshidagi 1-son akademik litseyida taqdimot o‘tkazildi. Litsey talabalari ham o‘ta qiziquvchan ekanlar, savol va javoblarda faol qatnashib Muloqot.Uz’dan sovg‘alar yutib oldilar.

13-aprel kuni Muloqotchilarning ikkinchi guruhi Samarqandga tashrif buyurdi. “Sherdor” mehmonxonasiga joylashgan ikkinchi guruh, birinchi guruhga keyingi taqdimotlarni o‘tkazishishda yordamga shaylandilar. Ikkinchi guruh bilan o‘tqazilgan birinchi taqdimot 12:00 da Samarqand Davlat chet tillari institutida Muloqot.Uz faol a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida Nozimaxon Aliyeva, Vironika Gavrilova, Farrux Narimonov va Xusanbek Hamidovlar talabar savollariga javob berib, Muloqot.Uz jamoasiga katta yordam berdilar.

Taqdimotning tanlovlar haqidagi bo‘limiga yetganda, “Sharq go‘zali” tanlovida 2-o‘rinni egallagan  Nozimaxon va 3-o‘rinni egallagan Vironikalar Muloqot.Uz uyushtiradigan tanlovlarga o‘z fikrlarini bildirdilar va o‘z sovg‘alarini halol yutib olganlarini aytib o‘tdilar va chindan ham qo‘lga kiritganliklarini dalolati sifatida talabalarga sovg‘alarini ko‘rsatdilar.

Farrux Narimonov Muloqot.Uz boshqa ijtomoiy tarmoqlardan nimasi bilan farq qilishi, uning afzallik taraflarini juda aniqlik va katta ishtiyoq bilan yoritib berib, talabalar bilan savol-javoblarda faol qatnashdi.

Soat 14:00 da Samarqand Iqtisodiyot va Servis Institutida taqqdimot bo‘lib o‘tdi. Muloqotchilar tomonidan berilgan savollarga talabar talashib-tortishib javob berishga harakat qildilar. To‘g‘ri javob bergan birinchi talabalar Muloqot.Uz’dan sovg‘alar qo‘lga kiritdilar. Sovg‘a tariqasida Muloqot.Uz logotipi bilan bloknot, ruchka, futbolkalar topshirildi.

13-aprel kuniga mo‘ljallangan 3ta taqdimotlardan so‘ng, Muloqot.Uz jamoasi soat 18:00da Samarqandning “Mehrinur” kafesida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. U yerda Muloqot.Uz a’zolarining yig‘ilishi va iPad 3ni Samarqandlik eng faol Muloqotchiga taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Farhod Fayzullayevning iPad 3 g‘olibini birgalikda aniqlash taklifiga mehmonlar ijobiy yondashdilar. G‘olibni aniqlash “jonli” ravishda kechdi. Muloqot.Uz ning eng faol, eng birnchi Samarqandlik a’zosi aniqlandi va g‘olib deb Artyom Israelyan topildi. G‘olibga yap-yangi iPad 3 tantanali ravishda topshirildi. Artyom o‘z quvonchini ichiga sig‘dirolmay, o‘yinga tushib ketdi. Yig‘ilish do‘stona va iliq muhitda o‘tdi. Yig‘ilganlar yaxshi kayfiyat bilan, mamnun tarqaldilar.

14-aprel kuni soat 10:00da Muloqotchilar SamISI qoshidagi 1-son akademik litseyida mo‘ljallangan taqdimotga yo‘l oldilar. Taqdimot har galgidek muvaffaqiyatli o‘tdi.

14-aprel kuni Samarqandda Muloqot.Uz jamoasi katta bir guruh bo‘lib yig‘ildi. Samarqand tarixiy obidalarini ziyorat qilish Registongan boshlandi. Registondan chiqib, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda maqbaralar majmuasi, o‘sha zamon sharoitiga mos mukammal astronomik asbob-uskunalar bilan jihozlangan Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qildilar, ushbu ziyoratgohlar haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Juda hashamatli va mahobatli bo‘lgan, devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan binolarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar.

Muloqotchilar jamoasi safarlarini 14 aprel kuni yakunladilar va “Afrosiyob” tezyurar poyezdining soat 17:00dagi reysida poytaxtimiz Toshkent shaxriga qaytib ketdilar.

One thought on “Samarqand taassurotlari

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>