“Best Soft Uzbekistan 2012”

2012-yil 15—17-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston IT-industriyasining birdaniga ikkita yirik voqeasi bo‘lib o‘tdi.

15-may kuni Toshkent shahridagi Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston dasturchilarining yillik Milliy forumi bo‘lib o‘tdi. 16—17-may kunlari esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Best Soft Uzbekistan 2012” dasturiy mahsulotlar yillik milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

 

Ko‘rgazmani o‘tkazish sanasi bejiz tanlangani yo‘q. Negaki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2005-yilda 17-mayni Xalqaro axborot jamiyati kuni deb e’lon qildi. Shu nuqtai nazardan, o‘tkazilayotgan tadbirlar O‘zbekistonning bu boradagi xalqaro tashabbusga qo‘shayotgan o‘ziga xos hissasidir.

“Best Soft Uzbekistan 2012” ko‘rgazmasining asosiy qismini bugungi kundagi  ta’lim, axborot xavfsizligi, multimedia, dizayn va boshqa yo‘nalishlarning eng muaffaqtiyatli loihalari bo‘yicha stendlar tashkil etdi.

Muloqot.Uz jamoasi ham ushbu ko‘rgazmada o‘z stendi bilan ishtirok etdi. Kelgan mexmonlar  saytning ko‘rinishi, uning ish faoliyati, maqsadi, vazifalari, imkoniyatlari va yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan bir qatorda onlayn-rejimda ro‘yxatdan o‘tish va sayt yaratuvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.

16-may kuni  soat 11.00 da Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi binosida “Muloqot.Uz — O‘zbekistondagi yangi ijtimoiy tarmoq” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Universitet talabalari va tashrif buyurgan mehmonlar faol qatnashib, savol-javob davomida Muloqot.Uz’dan sovg‘alar yutib oldilar.

Korgazmaning ikkinchi kuni kuni Muloqot.Uz jamoasi tomonidan blits-tanlov o‘tkazildi va undada mehmonlarga internet-texnologiyalarga oid savollar berildi. Eng aqlli va topag‘on ishtirokchilar Muloqot.Uz’ning esdalik sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

“Best Soft Uzbekistan 2012” Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasining tashkiliy qo‘mitasi tashkil etgan dasturiy mahsulotlar tanlovida Muloqot.Uz “Yil markasi” deb topilib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu ko‘rgazma biz, Muloqot.Uz tashkilotchilari uchun qiziqali va sermazmun o‘tdi. Biz ko‘rgazma davomida nafaqat o‘z mahsulotimizni yoshlarga tanishtirdik, balki Muloqot.Uz’ning a‘zolari bilan yuzma-yuz suhbatlashdik.

Keyingi yil Best Soft 2013da ko‘rishguncha!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>