Muloqot.Uz 2.0

O‘tgan yili Sentyabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i dizaynini yangiladi va yangi funksiyalar tatbiq etdi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri — mutlaqo yangi dizayn.

Biz a’zolarimizni taklif va tanqidlarini hisobga olgan holda yangi dizaynni ishlab chiqdik. Bundan asosiy maqsad: saytimizni sodda va foydalanish uchun qulay qilish. Shundan kelib chiqqan holda biz eng ko‘p foydalaniladigan hizmatlarni saytning yuqori qismida joyladik.

Ranglar jilosi

Endi xar bir a’zo o‘zi yoqtirgan ranglardan birini tanlagan holda sayt ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin. Taqdim qilingan uchta rang a’zolar o‘rtasida ovoz berish yordamida aniqlandi.

Yangi Xabarlar

Endi xabarlarni jo‘natish va qabul qilish yanada osonlashdi. Endi bu vazifa Jabber texnologiyasi yordamida bajariladi. Bu esa a’zolarga kompyuter va mobil telefon orqali istalgan joyda muloqotga kirishish imkonini beradi.

Mobil versiya

Muloqot.Uz a’zolarining uchdan bir qismi saytga mobil telefon orqali kirganliklari sababli, yaqin kunlarda yangi mobil versiyani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Muloqot.Uz’ning mobil telefonlar uchun xabarlar yuborish dasturini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilmoqda.

Iyun oyining boshida Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida 28 ming a‘zo bo‘lib, har kuni tarmoqqa 3000 kishi tashrif buyuradi.

5 thoughts on “Muloqot.Uz 2.0

  1. Жудаям қизиқ. Мулоқотни енги мобил версияси қанақа бўларкин. Ждусь. Недождусь :-)

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>