Muloqot.Uz haqida

Muloqot.Uz egasi va ishlab chiquvchisi haqida

“Simple Networking Solutions” MChJ Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i egasi va ishlab chiquvchisi hisoblanadi. “Muloqot.Uz” nomi va “Muloqot.Uz” tasviriy beligisi (logotipi)ga tegishli barcha huquqlar, muloqot.uz va mqt.uz domenlari, “Muloqot.Uz” dasturiy kodi va “Muloqot.Uz” dasturiy kodi saqlanadigan serverlar “Simple Networking Solutions” MChJga tegishli.

Muloqot.Uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi (OAV) sifatida ro‘yxatga olingan (guvohnoma raqami: 0676, berilgan vaqti: 20.06.2011).

“Simple Networking Solutions” MChJ o‘zbekistonlik va xorijiy mualliflarning musiqiy asarlarini jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha “O‘zbeksiton huquq egalari palatasi” JT bilan bitimga ega. Agar siz huquq egasi hisoblansangiz va sizda taklif yoki e’tiroz bo‘lsa, iltimos, aloqa formasi orqali biz bilan bog‘laning.

Texnik tafsilotlar

“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i serverlari “O‘zbektelekom” AKning “Biznesni rivojlantirish markazi” filiali ma’lumot markazida joylashgan. “Muloqot.Uz” fayllari TAS-IX tarmog‘ida joylashgani uchun ham sayt traffigi O‘zbekistonning ko‘plab internet-provayderlari (mobil aloqa operatorlaridan tashqari) uchun bepul hisoblanadi.

“Muloqot.Uz” a’zolarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi hamda xavfsizligi “Simple Networking Solutions” MChJ uchun birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda “Muloqot.Uz” a’zolarning parol va mobil telefon raqamlarini shifrlaydi. Yaqin vaqt ichida SSL-bog‘lanishni joriy etish va EV SSL-sertifikatni qo‘lga kiritish rejalashtirilgan.