Muloqot.Uz’ning navbatdagi qadami

4-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy Universitetida Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning faol talabalari Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ular ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘zlarining faol  ishtiroklari bilan ko‘rsatdilar. Ayniqsa, ular Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek tilida yaratilganligidan mamnun bo‘ldilar. Talabalarni Muloqot.Uz tarmog‘iga yanada qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘lgan narsa,  bu- bepul online musiqa tinglash huquqiga ega bo‘lishliklaridir.

Muloqot.Uz jamoasi talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlar haqida fikr almashdilar, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar va har doimgidek, sovg‘alar bilan taqdirladilar. Faol talabalar Muloqot.Uz jamoasi bilan o‘z g‘oyalarini baham ko‘rishdi. Kelgusida ular Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i bilan yaqindan tanishib chiqib, o‘z taklif va mulohazalari haqida ma‘muriyatni xabardor qilishlarini aytib o‘tishdi. Shuni inobatga olgan holda, Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i yanada rivojlanishga, barchaga qiziqarli bo‘ladigan sahifalar, yangiliklar kiritishga va o‘z muxlislarini ko‘paytirishga harakat qiladi.

Muloqot.Uz’ning rivojlanishi – sizning faolligingizda!

Tanlov g‘oliblarining taqdirlash marosimi

2011-yilning 28-oktabrida CineStar3D kinoteatrida Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan “Eng qiziqarli fotografiya” tanlovi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimga tanlov ishtirokchilari — Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining a’zolari tashrif buyurishdi. Muloqot.Uz ma’muriyati barcha mehmonlarni ochiq chehra bilan kutib oldilar. Vanihoyat, g‘oliblar intiqlik bilan kutgan sovg‘alarini qabul qildilar. Barchaga ma’lum bo‘lganidek, Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ining a’zolari 10 ta ishtirokchining fotografiyasini “Eng qiziqarli fotografiya” deb hisoblaganlar va ushbu fotografiyalarga ovoz berganlar. Boshqa fotografiyalarni ham e’tiborsiz qoldirmagan holda, Muloqot.Uz ma’muriyati yana 5 ta fotografiyani tanlab olib, ularga ham sovg‘alar taqdim etdi.

Continue reading

Muloqot.Uz’ning ikkinchi Fazilati

Men Fazilatxonman — osmondagi oy emas,
Men go‘zal emasman, lekin yoqimtoyman,
Men latofatli emasman, balki  shaddodroqman,
Men adashmayman — arzimagan xato qilaman,
Men g‘iybat qilmayman — fikrimni bildiraman,
Men aldamayman — ishontira olaman,
Men balandparvoz emasman — faqat jiddiyroqman,
Men malika emasman — lekin bo‘la olaman.

Men men men men men men men men men men men men —
Oddiygina qizaloqman.

Yo‘q, yo‘q, yo‘q oddiy emasman, balki Muloqot.uz’ning bir bo`lagiman
Va barcha hamkasblarga minnatdorman.
Meni ochiq chehra ila kutib olishdi, mehrlari bn isitishdi,
Yaqindan yordam berishdi, o‘z saflariga qo‘shishdi.
Hayotda bor shunday odamlar, ko‘ngli butun quvnoq insonlar.
Borligiga shukr qilaman, borimni ishga bag‘ishlayman,
Sizlarga ham yordam beramiz, savollarga javob beramiz,
Keling, kiring siz ushbu saytga, muloqotda bo‘ling har vaqtda
Muloqot.Uz — o‘zbegim sayti, sizni yolg‘iz qoldirmas hecham
Do‘stlashing, o‘ynang, kuling, doim muloqotda bo‘ling!

Birinchi taqdimot

“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i jamoasi bugun, 4-oktabr kuni O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining Ingliz tili filologiyasi fakultetida mehmon bo‘ldi. 200dan ortiq talaba ishtirok etgan uchrashuvda “Muloqot.Uz” haqida taqdimot namoyish etildi, “Muloqot.Uz” va umuman ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘risida savol-javob bo‘ldi, tadbir so‘ngida talabalar ishtirokida sovrinli viktorina o‘tkazildi.

Continue reading

Haftamisan hafta

Muloqot.Uz Ma’muriyati va uning foydalanuvchilari ;)

Sentabrning so‘nggi haftasi axborot-kommunikatsion texnologiyalarga oid tadbirlarga boy bo‘ldi. Bunga sabab – har yili an’naviy tarzda tashkil etiladigan INFOCOM Axborot kommunikatsion texnologiyalar haftaligidir. “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i jamoasi ko‘lami jihatdan mamlakatimizda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu haftalikni chetdan kuzatib turgani yo‘q, aksincha, unda faol ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Continue reading

Sizdan qiziqarli fotografiya, “Muloqot.Uz”dan esa — netbuk!

Tanlov g‘oliblariga ajratilgan sovg‘alar

Hammasi oddiy. “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i a’zosiga aylanasiz, tarmoqning boshqa a’zolari bilan do‘stlashasiz, muloqot qilasiz. Orada suratga tushib, fotografiyangizni “Muloqot.Uz”ga yuklashingiz ham mumkin. Kim biladi, balki aynan sizning fotografiyangiz “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan eng qiziqarlisi deb topilar? U holda biz sizni tabriklaymiz: netbuk sizniki!

Continue reading

Sinfdosh, kursdosh va mahalladoshlaringiz

2011-yilning 1-avgustidan beri sinov rejimida ishlayotgan “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i 1-sentabrdan rasman ishga tushdi.

19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida loyiha rasmiy ishga tushishidan so‘ng tarmoq a’zolari bir qator yangiliklar bilan tanishishlari aytib o‘tilgandi.

Internet foydalanuvchilari o‘z yaqinlari, sinfdoshlari, kursdoshlari, maktabdoshlari, shuningdek, hamshaharlari, mahalladoshlarini topishi, ular bilan yanada yaqinroq tanishishi uchun “Muloqot.Uz”da “Turar joy” va “O‘quv muassasalari” kabi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda o‘z yaqinlarini topishi uchun a’zo o‘z profilini tahrirlashi kerak. Profilni tahrirlash jarayonida “Turar joy” va “O‘quv muassasalari” kabi qo‘shimcha bandlarni ko‘rish mumkin.

Continue reading

Ilk qadamlar

“Muloqot.Uz” 1-avgust kuni sinov rejimida ishga tushdi. Bu ancha eskirgan xabar. Bugun 31-avgust, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganiga roppa-rosa 20 yil to‘lgan kun. Bugun Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i loyihasining o‘z blogi ishga tushdi. Umid qilamizki, u hamma uchun foydali, zarur va qiziqarli bo‘ladi.

“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i loyihasi ustida, uni takomillashtirish, undagi kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha bir necha oydan beri ish olib borilmoqda. Bizga kamchiliklar borligini, kamchiliklar ko‘pligini aytishyapti, biz ularni-da to‘g‘rilashga, bartaraf etishga intilyapmiz va kamchiliklarni ko‘rsatganlarga: “Katta rahmat! Yana biror kamchilik, muamoni ko‘rsangiz, unga duch kelsangiz, iltimos, bizga xabar bering”, demoqdamiz.

Continue reading